Oʻn uch kishi. 134,3 kilo. Uch oy.
Bular mening mijozlarimning bir qismi. Har birining tahlili, ovqati va mashqi alohida tuzilgan — shablon bilan emas.
Nega koʻpchilikda natija boʻlmaydi
Muammo irodada emas. Zalga borgan odam ham, ovqatini cheklagan odam ham bor — natija esa yoʻq.
Chunki tasodifiy mashq tasodifiy natija beradi. Bugun oyoq, ertaga koʻkrak, keyingi hafta umuman bormadingiz.
Ovqat ham shunday. Kimdir «uglevodni tashla» deydi, kimdir «kechqurun ovqat yema» deydi. Qaysi biriga ishonishni bilmaysiz.
Eng muhimi — gormonlaringiz qanday ishlayotganini hech kim tekshirmaydi. Holbuki vazn shu yerdan boshlanadi.
Natijalar
Har bir raqam oʻlchab olingan. Rasmlar va maʼlumotlar mijozlarning oʻz roziligi bilan.
Dilmurod
3 oy
Abdug'ofur
3 oy
Abdulboriy
3 oy
Aziz
3 oy
Omilxon
3 oy
Jamoliddin
3 oy
Sirojiddin
3 oy
Jahongir
3 oy
Zahiriddin
3 oy
Shaxzod
3 oy
Ibrohim
40 kun
Nuriddin
3 oyTrener haqida
Men Shoxrux Adxamov — Toshkentda ishlaydigan shaxsiy trener. Ovqatlanish va mashgʻulot boʻyicha beradigan tavsiyalarim musobaqaga tayyorgarlik davrida oʻz tanamda sinab koʻrilgan ishlarga asoslanadi.
Sport yutuqlari
- 2021 — Oʻzbekiston chempioni · Men's Physique, 175 sm gacha · 1-oʻrin
- 2022 — Oʻzbekiston chempioni · Men's Physique, 175 sm gacha · 1-oʻrin
- 2023 — Oʻzbekiston chempioni · Men's Physique, 175 sm gacha · 1-oʻrin
- 2022 — Markaziy Osiyo mutlaq chempioni · Men's Physique
Ish qanday quriladi
Gormonlar tekshiriladi
Tahlil topshiriladi, natijaga qarab vitaminizatsiya yoziladi. Koʻr-koʻrona emas — raqamga qarab.
Ovqat hisoblanadi
Kaloriya va nisbatlar hisoblanadi, menyu bilan beriladi. Nimani, qachon, qancha — hammasi yozilgan boʻladi.
Mashq tuziladi
Sizning darajangiz va maqsadingizga mos dastur. Oʻzgarib boradi, qotib qolmaydi.
Uchalasi ham shaxsan mening nazoratimda olib boriladi. Siz yolgʻiz qolmaysiz.
Narxlar
- Gormon tahlili va vitaminizatsiya
- Ovqatlanish rejasi, menyu bilan
- Mashgʻulot dasturi
- Shaxsan nazorat ostida
- Ichidagi hammasi bir xil
- Mashqlar video tarzida yuboriladi
- Qanday bajarishni koʻrib turasiz
- Shaxsan nazorat ostida
Kimga mos
- Ortiqcha vazndan charchagan va endi jiddiy kirishmoqchi boʻlganlarga
- Zalga boradi-yu, natija koʻrmayotganlarga
- Internetdagi qarama-qarshi maslahatlardan bezganlarga
Kimga mos emas
- Sehrli tabletka izlayotganlarga
- Bir hafta qilib tashlab yubormoqchi boʻlganlarga
- Oʻlchov va tahlilsiz ishlashni istaganlarga
Koʻp soʻraladigan savollar
Mashgʻulotlar narxi qancha?
Offline format — oyiga 250$, online format — oyiga 150$. Ikkalasiga ham gormon tahlili va vitaminizatsiya, ovqatlanish rejasi hamda mashgʻulot dasturi kiradi.
Online va offline format orasida qanday farq bor?
Ichidagi hammasi bir xil: tahlil, ovqat va dastur. Farqi shundaki, online formatda mashqlar video tarzida yuboriladi va siz ularni qanday bajarishni koʻrib turasiz.
Ish qanday boshlanadi?
Telegram orqali yozasiz. Men maqsadingizni soʻrayman, hozirgi holatingizni koʻramiz va qaysi format sizga toʻgʻri kelishini birga hal qilamiz.
Nima uchun gormon tahlili kerak?
Vazn shu yerdan boshlanadi. Tahlil topshirilmasa, ovqat va mashq koʻr-koʻrona tuziladi. Natijaga qarab vitaminizatsiya yoziladi — taxminga koʻra emas, raqamga qarab.
Ovqatlanish rejasi beriladimi?
Ha. Kaloriya va nisbatlar hisoblanadi, tayyor menyu bilan beriladi: nimani, qachon va qancha yeyish kerakligi yozilgan boʻladi.
Qancha vaqtda natija koʻrinadi?
Saytdagi 13 ta mijozning oʻlchangan natijalari 40 kundan 3 oygacha boʻlgan davrga tegishli. Oʻrtacha koʻrsatkich — bitta mijozda 10,3 kg. Natija boshlangʻich holat va rejimga qanchalik amal qilinishiga bogʻliq.
Dastur hamma uchun bir xilmi?
Yoʻq. Har bir mijozning tahlili, ovqati va mashqi alohida tuziladi — shablon bilan emas. Dastur davomida oʻzgarib boradi, qotib qolmaydi.
Mashgʻulotlar qayerda oʻtkaziladi?
Dushanba, chorshanba va juma kunlari — Fitness Embassy City (Park in Mall, 3-qavat). Seshanba, payshanba va shanba kunlari — Crocus Fit Premium (Oloy bozori yonida). Ikkalasi ham Toshkentda.
Bu dastur kimga mos emas?
Sehrli tabletka izlayotganlarga, bir hafta qilib tashlab yubormoqchi boʻlganlarga va oʻlchov hamda tahlilsiz ishlashni istaganlarga.
Mashgʻulotlarni trener shaxsan nazorat qiladimi?
Ha. Gormon tahlili, ovqatlanish va mashgʻulot — uchalasi ham shaxsan mening nazoratimda olib boriladi.
Boshlash
Menga yozing. Maqsadingizni soʻrayman, hozirgi holatingizni koʻramiz va qaysi format sizga toʻgʻri kelishini birga hal qilamiz.
Telegramda yozish — @Adxamov_ShMashgʻulot joylari
Du · Chor · Ju
Fitness Embassy City
08:00–10:00 · 16:00–18:00
Park in Mall, 3-qavat, Toshkent
Se · Pay · Sha
Crocus Fit Premium
09:00–11:00 · 17:00–19:00
Oloy bozori yonida, Toshkent